Germaniya va O‘zbekiston sanoat korxonalari hamda ilmiy doiralari ishtirokida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi

// 15 September 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (522.98 KB)

2024-yil aprel oyida Myunxen shahrida “Yangi O‘zbekiston” universiteti va TUM (Myunxen texnika universiteti) hamkorligida tashkil etilgan Birinchi xalqaro ta’lim simpoziumi hamda universitet huzuridagi Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining mantiqiy davomi sifatida Germaniya va O‘zbekiston sanoat korxonalari, ilmiy va ta’lim sohalari vakillari ishtirokida navbatdagi xalqaro forum o‘tkazildi.

Mazkur forumda 20 dan ortiq xorijiy tashkilot vakillari hamda 60 dan ziyod mahalliy tashkilotlar qatnashdi.

Tadbir doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, fan, ta’lim va sanoat integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan masalalar keng muhokama qilindi.

Forumda "O‘zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Korjikov ham ishtirok etdi va mamlakatimiz kimyo sanoatidagi transformatsiya jarayonlari, xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bayon etdi. Shuningdek, “taʼlim-ilm-fan-ishlab chiqarish” tamoyili asosida iqtidorli, salohiyatli mutaxassislar hamda yosh olimlarni tayyorlash, ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha  amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdi. Taʼlim va ishlab chiqarishni uygʻunlashtirish boʻyicha takliflar bildirildi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati