Energetika xavfsizligi oyligi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilindi

// 29 November 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (12.62 MB)

Sanoat korxonalari faoliyatining barqarorligi bevosita energiyani tejash va samaradorligini oshirish usullarining joriy etilganiga bogʻliq.

Mazkur yoʻnalishda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining 2024-2025-yil kuz-qish mavsumi davomida barqaror ishlashi va Energetika xavfsizligi darajasini oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirish, yoqilgʻi-energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish evaziga energiya samaradorligini oshirish choralari koʻrilmoqda.

Xususan,  “Oʻzkimyosanoat” AJ bosh energetigi Farhod Boboyev jamiyatning  Navoiy viloyatida joylashgan sanoat korxonalari -“Navoiyazot” AJ va “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ da Energetika xavfsizligi oyligi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi bevosita tahlil qildi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, joriy yilning sentabr-noyabr oylarida  “Oʻzkimyosanoat” AJ boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishi hisobiga 133,1 mln m3 tabiiy gaz va 182,3 mln kVt elektr energiyasi iqtisod qilindi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati