Strategy Partners konsalting kompaniyasi jigarrang dengiz o‘tlaridan olinadigan tabiiy polisaxaridlar, ya’ni alganitlar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Ushbu modda oziq-ovqat, farmatsevtika, to‘qimachilik va qog‘oz sanoati, kosmetologiya va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi.
Alganitlar quyuqlashtiruvchi va stabilizator vazifasini bajarishi, dori vositalarini inson tanasiga yetkazishi yoki bog‘lovchi vosita o‘rnida ishlatilishi mumkin.
Umuman olganda, bu modda emas, balki oltindir. 2024 yilda jahon alganit bozori 0,79 milliard dollarga baholanmoqda va bu mahsulot yil davomida taxminan 53 ming tonna ishlab chiqarilgan.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati