Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi

// 26 March 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (435.58 KB)

Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonida mamlakat rivojlanishiing ustuvor yondashuvlari belgilab berildi.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada zamonaviy energotejamkor texnologiyalarni keng qoʻllash orqali iqtisodiyotda “uglerod izi”ni kamaytirish masalasi ham shular jumlasidandir.

“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida kimyo sanoati korxonalarining issiqxona gazlari ajratmalarini xatlovdan oʻtkazish va uglerodni tartibga solish mexanizmlari taʼsirini baholash ishlari amalga oshirilmoqda. 

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi”  va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya markazi bilan hamkorlikda issiqxona gazlarini aniqlash, hisoblash va xatlovdan oʻtkazish boʻyicha yagona qoʻllanma (metodika) ishlab chiqilishi boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati