Brifing: Kuz-qiş mavsumida fermer va dehqon xöjaliklarini mineral öğitlar bilan uzluksiz taʻminlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar töğrisida

// 05 November 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (35.68 KB)

 

Bugungi brifingimizda “Özkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan kuz-qiş mavsumida fermer va dehqon xöjaliklarini mineral öğitlar bilan uzluksiz taʻminlaş, qişloq xöjaligi ehtiyojlari uçun zarur zaxiralarni şakllantiriş hamda mahsulotlarni hududlarga öz vaqtida yetkazib beriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʻlumot berib ötamiz.

Maʻlumki, kuz-qiş mavsumi qişloq xöjaligida, xususan, ğalla ekiş va ekin maydonlarini qişlovga tayyorlaş jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bu davrda mineral öğitlarga bölgan talabni öz vaqtida qondiriş va taʻminot barqarorligini taʻminlaş asosiy vazifalardan biri.

Şu maqsadda “Özkimyosanoat” AJ tomonidan tizimli taşkiliy va amaliy çora-tadbirlar belgilanib, kimyo korxonalarining işlab çiqariş quvvatlari töliq safarbar etilgan.

Jumladan, jamiyat tarkibidagi barça korxonalarda kuzgi agrotexnik tadbirlar hamda qişki zaxiralarni şakllantiriş uçun zarur bölgan azotli, fosforli va kaliyli mineral öğitlarni işlab çiqariş va hududlarga yetkazib beriş grafiklari tasdiqlangan. Şuningdek, mavsumdagi talab va ehtiyojdan kelib çiqib, mahsulotlarni birja savdolariga çiqarişning kunlik grafiklari ham şakllantirilgan.

Taʻminot barqarorligini taʻminlaş maqsadida respublikaning barça hududlarida korxonalarga tegişli 300 dan ortiq vakolatli omborlar faoliyati yölga qöyilgan. Ularda qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari uçun zarur bölgan mineral öğitlar zaxirasi şakllantirilgan.

  • Xususan, ğalla ekiş mavsumi uçun zarur bölgan 185 ming tonna fosforli öğit zaxirasi yaratildi. Bu esa ekiş tadbirlarini zarur mineral öğitlar bilan taʻminlaşda muhim sanaladi.
  • Bugungi kunga qadar qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan ğalla ekiş işlari uçun 115 ming tonna fosforli hamda 10 ming tonna kaliyli öğitlar xarid qilingan.
  • Bundan taşqari, ğalla maydonlarini qişlov oldidan oziqlantiriş maqsadida 175 ming tonna azotli öğitlar ham xarid qilingan.

Taʻminot tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida transport-logistika imkoniyatlari ham kengaytirilmoqda. Mineral öğitlarni hududiy omborlarga va isteʻmolçilarga öz vaqtida yetkazib beriş uçun temir yöl transporti bilan bir qatorda muqobil taşiş imkoniyatlaridan ham foydalanilmoqda. Bu esa logistika jarayonlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan uzilişlarning oldini olişga qaratilgan.

Şu bilan birga, mineral öğitlarni sotiş jarayonlarining şaffofligini taʻminlaşga alohida eʻtibor berilmoqda. Mahsulotlar belgilangan tartibda birja savdolari orqali realizatsiya qilinib, fermer va dehqon xöjaliklariga ularni qonuniy asosda xarid qiliş imkoniyati yaratilgan.

30-oktabr holatiga köra, respublikamiz hududlaridagi omborlarda jami 482,9 ming tonna mineral öğit zaxirasi şakllantirilgan. Şundan:

  • 402,5 ming tonnasi azotli;
  • 58,6 ming tonnasi fosforli;
  • 21,8 ming tonnasi kaliyli öğitlar hissasiga töğri keladi.

Taʻminot jarayonlarining uzluksizligini taʻminlaş maqsadida jamiyat rahbariyati va masʻul mutaxassislari tomonidan işlab çiqarişdan tortib, mahsulotlarni omborlarga joylaştiriş va isteʻmolçilarga yetkazib berişgaça bölgan barça bosqiçlar kunlik monitoring qilib borilmoqda. Bunda har bir hududning mineral öğitlarga bölgan real ehtiyoji alohida örganilib, zarur çoralar körilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, “Özkimyosanoat” AJ tomonidan kuz-qiş mavsumida qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarini mineral öğitlar bilan uzluksiz taʻminlaş uçun işlab çiqariş, zaxiralarni şakllantiriş, logistika va sotuv yönalişlarida barça zarur çoralar amalga oşirilmoqda.