Bilasizmi: natriy sianidi asosan togʻ-kon sanoatida rudalardan oltin va kumushni ajratib olish uchun ishlatiladigan kuchli kimyoviy modda

// 05 March 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (333.44 KB)

Natriy sianidi asosan togʻ-kon sanoatida rudalardan oltin va kumushni ajratib olish (sianlash) uchun ishlatiladigan kuchli kimyoviy modda. 

Shuningdek, u poʻlatni mustahkamlash (sianidlash), galvanotexnika (metall qoplash), kimyoviy sintez (boʻyoqlar va dorivorlar) hamda qishloq xoʻjaligida zararkunandalarga qarshi kurashda qoʻllaniladi. 

Asosiy foydalanish sohalari:

  • Oltin va kumush qazib olish: Ruda tarkibidan metallni erituvchi sifatida gidrometallurgiyada asosiy reagent.
  • Metallarga ishlov berish: Poʻlat buyumlarning yuzasini qattiqlashtirish (sementatsiya) va metallarni galvanik qoplash (sinklash, tilla suvi yugurtirish).
  • Kimyo sanoati: Nitrillar, izonitrillar va indigo boʻyoqlarini ishlab chiqarish.
  • Farmatsevtika: Dori vositalarini sintez qilish.
  • Boshqa sohalar: Fotografiya, litografiya va qishloq xoʻjaligida zararkunandalarni yoʻqotish.