“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi — matbuot kotibi tayinlandi

// 23 October 2019 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (95.35 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati rahbari Xaitova Mastura Xusanovna Boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

M.Xaitova 2009 yil Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetining magistratura bosqichini, 2015 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash fakultetini tamomlagan.

Lavozimga tayinlov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko'ra amalga oshirildi.

Manba: O'zA