“O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan seminar o`tkazildi

// 04 November 2021 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (258.8 KB)

“O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Komplaens xizmati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish hamda xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Sovg`alar berish va olish, biznes-tadbirlarni tashkil etish va ishtirok etish, vakillik xarajatlarini amalga oshirish siyosati” mavzusida seminar tashkil etildi.

“O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish maqsadida 10 dan ortiq ichki meʼyoriy hujjatlar qabul qilingan. Mazkur hujjatlarda belgilangan talablarni va tartib tomoyillarini xodimlarga yetkazish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda korrupsiogen omillarni oldini olish maqsadida Komplaens xizmati tomonidan seminar-treninglar oʼtkazib kelinmoqda.

Tadbir davomida Komplaens xizmati boshlig`i Sh.Sag`dullayev “O`zkimyosanoat” АJning “Sovg`alar berish va olish, biznes-tadbirlarni tashkil etish va ishtirok etish, vakillik xarajatlarini amalga oshirish siyosati”ning maqsadi, mazmun-mohiyati, sovg`a berish va olish, vakillik xarjatlarini amalga oshirish, biznes tadbirlarni tashkil etish va ishtirok etish tartibi, shuningdek, mazkur tadbirlarni amalga oshirganda hisobdorlik va korrupsion xavf-xatarlarni baholash bo`yicha prezentatsion materiallar yordamida tushuntirib o`tdi.

Seminar ishtirokchilariga mazkur siyosatning tamoyillari va talablari barcha xodimlar uchun ularning egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar majburiy ekanligi va davlat mansabdor shaxslariga har qanday sovg`a berishni taʼqiqlanishi tushuntirib o`tildi.

Shuningdek, tadbirda boshqa davlatlarning sovg`a olish yoki berish siyosatlari bilan ham yig`ilish ishtirokchilari tanishtirib o`tildi. Jumladan, Qirg`izistonda bir shaxsdan bir marotaba ($12,5) miqdorida, Tojikistonda bir yil davomida ($541) miqdorida, Rossiya Federatsiyasida bir shaxsdan bir marotaba 3000 rubl ($41,8) miqdorida, Belarus davlatida bir shaxsdan bir marotaba ($58) miqdorida, Gruziyada 300 larigacha ($96) miqdorida, Moldaviyada bir yil davomida ($60) miqdorida, Ukrainada bir shaxsdan 2270 grn. ($86,2) miqdorida sovg`alar olishga ruxsat etilganligi, Singapur va Qozog`istonda umuman sovg`alar berish yoki olish qatʼiyan man qilinganligi, Shveytsariya va Fransiyaning jinoyat qonunchiligida sovg`a olish yoki berishni taqiqlovchi talablar bo`lmasada, alohida normalar yordamida tartibga solinishi hamda Turkmanistonda sovg`alar berishning chegaralari umuman o`rnatilmaganligi qayd etildi.

Tadbir so`ngida har bir jamiyat xodimi korrupsion holatlarni oldini olish va chek qo`yish uchun masʼul ekanliklari taʼkidlandi.

“O`zkimyosanoat” АJ Matbuot xizmati