“Ammofos-Maxam” AJda “Kitobxon xodim” tanlovi o‘tkazildi

// 03 August 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.55 MB)

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyati Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan “Kitobxon xodim” tanlovi tashkil etildi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad ishchi-xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish. Nizomga muvofiq ishtirokchilar belgilangan shartlar asosida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Badiiy asarlar hamda buyuk adiblarning hayoti va ijodiga oid savollarga aniq va puxta javob bergan ishtirokchilar tanlov g‘oliblari etib topildi.



Tanlov yakunlariga ko‘ra:

1-o‘rin – Ta’mirlash-mexanika sexi xodimi Sattarov Doston;

2-o‘rin – Ta’mirlash-mexanika sexi xodimi Saxatullayev Bekmurod;

3-o‘rin – “Ammofos-2” sexi xodimi Boynazarova Husnobod.



Tanlov g‘oliblari “Ammofos-Maxam” AJ Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan munosib taqdirlandi.