Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!

// 28 February 2020 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (45.45 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati Jamiyat tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda ularga tutash hududlarda “Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostida ko'kalamzorlashtirish loyihasi tashkil etilishini ma'lum qiladi.

“Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas'ulmiz!” shiori ostidagi ko'kalamzorlashtirish loyihasini yuqori saviyada o'tkazish maqsadida “O'zkimyosanoat” AJ tizimida joriy yilning mart oyi “Ko'kalamzorlashtirish oyligi” deb e'lon qilindi.

Hurmatli ommaviy axborot vositasi vakillari va blogerlar Sizlarni 2020 yil 1 mart soat 11:00 da  “Ammofos-Maxam” AJ (Toshkent viloyati, Olmaliq shahri)da o'tkaziladigan ilk ko'chat ekish tadbirida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Tadbir ishtirokchilari, OAV vakillari va blogerlar “O'zkimyosanoat” AJ tomonidan tashkil etilgan mikroavtobusda tashkilot binosi (Navoiy ko'ch. 38-uy. Mo'ljal: Xadra maydoni) yonidan olib ketiladi va shu manzilga olib kelinadi.

Murojat uchun telefon raqami: 78 140-74-26. 

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati