Joriy yilning 26-27 noyabr kunlari D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali amaliy va nazariy kimyo bo‘yicha xalqaro ittifoq (IUPAC)ning navbatdagi yillik yig‘ilishini o’z maydonida o’tkazdi

// 28 November 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (734.16 KB)

Bugungi kunda O’zbekiston taraqqiyoti, ishlab chiqaruvchi korxonalar, tadbirkorlik va investorlarga yaratilayotgan keng iqtisodiy va huquqiy qulayliklar nafaqat iqtisodiyot va sanoat, balki ilim-fan va ta’lim sohalarida ham Xorijiy hamkorlarni o’ziga tobora e’tiborini tortmoqda.

Buning yaqqol dalili sifatida har yili turli davlatlarda o’tkaziladigan “IUPAC”ning Kimyo va sanoat qo’mitasi o’z yillik yig’ilishini O‘zbekistonda o’tkazishni qaror qilganu va O’zbekistonni o’z safida ko’rmoqchi ekanligi shubhasiz.

2 kun davomida o‘tgan qizg’in yig’ilishda Qo’mita a’zolari “IUPAC” tashkil etilishi va faoliyatining asosiy maqsad va vazifalari, rejalashtirilayotgan strategik maqsadlari, sanoatda texnik hafvsizlikning muhim o’rni, shuningdek Afrika va Osiyo davlatlarida amalga oshirayotgan dasturlar haqida ma’lumot berishdi.

Birlashgan Millatlar tashkilotining barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida amaldagi loyihalar hissasini baholash to’g’risida, maktab, kollej va texnika o’quv yurtlarida kimyo fani doirasida yashil iqtisodiyot yoki sanoatni o’quvchilar ongiga singdirish yo’li bilan ularni kimyo faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va kelajakda kimyogar kasbini egallashga ko’nikmalarni yoshlikdan shakklantirish lozimligi to’g’risida ta’kidlandi.

Shunigdek, 2022-2023 yillar uchun Kimyo sanoati qo‘mitasining “COCI” moliyaviy hisoboti, “IUPAC”ning yangi loyihalarida yoshlar va xotin-qizlar o‘rnini yanada oshirish hamda rejalashtirilayotgan yangi loyihalari muhokama qilindi va “COCI” a’zolarining takliflari va sharhlari tinglandi.

Yillik hisobot doirasida qo‘mita a’zolari Doktor Anna Makarova, Doktor Bipulbehari Saha, Professor Fabián Benzo Moreira, Doktor Doktor Jean Pelin, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati hamda tizim korxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston metallurgiya kombinati, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining mas’ul rahbarlari va xodimlari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va sanoat vakillarining “IUPAC” a’zolari bilan uchrashuvlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash va kimyoviy ishlab chiqarish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda filial xodimlari va talabalari ishtirok etishi belgilandi.