Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlariga 1 kun qoldi

// 14 January 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.05 MB)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni ijrosi doirasida poytaxtimizning Uchtepa tumanida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlariga soʻnggi tayyorgarlik ishlari oʻtkazildi.

Xususan, Uchtepa tuman hokimligida “Oʻzkimyosanoat” AJning masʼul xodimlari hamda tuman hokimi birinchi oʻrinbosari va statistika boʻlimi rahbar va xodimlari ishtirokida tuman tashkilotlari rahbarlari va masʼul xodimlari uchun amaliy oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.

Mashgʻulot davomida ishtirokchilarga aholini roʻyxatga olish tadbirining huquqiy asoslari, tashkiliy mexanizmlari, maʼlumotlarni yigʻish tartibi, aholining xabardorligini oshirish va jarayonni sifatli amalga oshirish boʻyicha muhim yoʻnalishlar atroflicha tushuntirildi. 

Shuningdek, roʻyxatga olish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar, ularni bartaraf etish yoʻllari va masʼul tashkilotlarning vazifalari yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar, joylarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.