58-Xalqaro kimyo olimpiadasining amaliy bosqichi boshlandi

// 13 July 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.79 MB)

Markaziy Osiyo tarixida ilk bor O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad – IChO 2026) doirasida ishtirokchilar uchun eng mas’uliyatli bosqichlardan biri — laboratoriya-amaliy sinovlar boshlandi.



Bugun ishtirokchilar kimyo fanidan o‘zlarining amaliy bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.



Amaliy bosqichda dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan iqtidorli o‘quvchilar belgilangan vaqt davomida murakkab laboratoriya ishlarini bajarib, kimyoviy tahlil, eksperiment o‘tkazish hamda natijalarni ilmiy jihatdan asoslash bo‘yicha mahoratini namoyon etadi.



Mazkur sinov ishtirokchilarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, laboratoriyada ishlash madaniyati, aniqlik va tahliliy fikrlash qobiliyatini ham baholaydi.