Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “toʻrtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda.
Bunday oʻta masʼuliyatli va sharafli yoʻlda siz kabi jasur va dovyurak, kasbini chin dildan sevadigan va fidoyi mutaxassislarning faoliyati jamiyatimizda har doim dolzarb va muhim boʻlib qoladi. Sizlarning haqiqat va adolat yoʻlida qilayotgan mehnatingiz yuksak eʼtiroflarga munosib. Jumladan, yurtimiz kimyo sanoatida olib borilayotgan jadal islohotlarni tezkor, xolis va haqiqiy yoritib borayotganingizdan minnatdormiz.
Aziz jurnalistlar va matbuot sohasi xodimlari, kasb bayramingiz muborak! Qalamingiz oʻtkir boʻlsin, ovozingiz baland yangrasin! Xalqimiz va yurtimizga xizmat qilishdan aslo tolmang!
Hurmat bilan,
“Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi