2018 yil I chorak bo'yicha yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlarining tahlili

// 16 March 2018 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (31.87 KB)

O'zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'RQ-445 Qonuniga binoan 2017 yil davomida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalari va tashkilotlari tomonidan Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, xat va arizalarini ko'rib chiqish holati va natijalari yuzasidan 2018 yil 26 fevral kuni bo'lib o'tgan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining kengaytirilgan yig'ilishida tanqidiy muhokama qilindi.

Muhokama doirasida doimiy ravishda sayyor qabullarni samarali tashkil etish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish yuzasidan hududiy idoralarga nisbatan talabchanlikni oshirish, har bir arizachi bilan uning ishtirokida murojaat yuzasidan o'rganish ishlari olib borish, qonunchilik talablarinig bajarilishida kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan nazorat ishlarini kuchaytirish to'g'risida ko'rsatmalar beriladi.

2018 yil 16 mart xolatiga “O'zkimyosanoat” AJ ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 134 ta murojaat kelib tushgan: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar – 95 ta (12-murojaat qanoatlantirilgan, 48-tushuntirish berilgan), bevosita idoraga kelib tushgan murojaatlar (xalq qabulxonalari va Virtual kabulxona orqali kelib tushganlardan tashkari) – 39 ta (1-qanoatlantirilgan, 30-tushuntirish berilgan). Ularda asosan yoshlarni ishga joylashtirish, fermerlar tomonidan mineral o'g'itlarni sotib olish muammolari, mineral o'g'itlarning narhi masalalari qayd etilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari jamiyatning ijro apparatida ko'rib chiqilgan hamda qonunda belgilangan muddatlarda murojaat mualliflariga javob berilgan.