2017 yil yanvar-mart oylarining yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 11 April 2017 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (46.62 KB)

2017  yilning birinchi choragida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 480,1  mlrd. so'mlik tovar mahsulot hamda 26,6 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi.

Sof holda 219,89 ming tonna  mineral o'g'itlar, shu jumladan 157,05 ming tonna azotli o'g'itlar, 30,41 ming tonna fosforli o'g'itlar va 32,43 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.

Mahsulot eksportining prognozi 112%ga bajarildi.

Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq hisobot davrida 4,8 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

2017 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari tomonidan  45,8 mln.dollar   hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi.

X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasida tuzilgan shartnomalarga binoan  102,5 mlrd.so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi. 

“O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati