2017 yilning birinchi yarmida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1155 mlrd. so'mlik tovar mahsulot hamda 61,4 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi.
Sof holda 523,7 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 393,48 ming tonna azotli o'g'itlar, 58,48 ming tonna fosforli o'g'itlar va 71,74 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
Mahsulot eksportining prognozi 153%ga bajarildi.
Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq hisobot davrida 11,9 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
2017 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari tomonidan 130,6 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi.
X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasida tuzilgan shartnomalarga binoan 217,7 mlrd.so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi.
“O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati