2015 yilning yanvar-iyun oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1102,5 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 103,5%) hamda 110,6 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 137,4%) ishlab chiqarildi.
Sof holda 655,7 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 511,6 ming tonna azotli o'g'itlar, 71,3 ming tonna fosforli o'g'itlar va 72,8 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2015 yil yanvar-iyun oylarida 109 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi (prognoz 70,8 mlrd.so'm).
2015 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” AO korxonalari tomonidan 65,4 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi va prognoz 103,3%-ga bajarildi.
Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalarga binoan 107,6 mlrd.so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi (prognozga nisbatan 100,9%)
158 yangi ish o'rni, shu jumladan kasanachilik asosida 42 ish o'rni yaratildi.
Xududiy «Qishloqxo'jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatlaridagi mavjud texnikalar yordamida qishloq xo'jaligi korxonalariga 2015 yil yanvar-iyun oylari davomida 27314,6 mln.so'mlik agrokimyoviy xizmatlar ko'rsatildi. Jumladan, 8851,4 mln.so'mlik 457,2 ming tonna kompost tayyorlandi va sotildi, 349,7 ming tonna organik va 455,0 mineral o'g'itlar fermer xo'jaliklari ekin maydonlariga yetkazib berildi. 954,3 ming gektar g'alla va paxta maydonlarida mineral o'g'itlar sepilib, suspenziya tadbirlari o'tkazildi.
“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati