−196 °C da ham koinotda oʻzini tiklay oluvchi “aqlli” kristallar yaratildi

// 27 January 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (5.83 MB)

Abu-Dabidagi Nyu-York universiteti olimlari materialshunoslik sohasida katta yutuqqa erishib, oʻzini tiklay oladigan organik kristallarning yangi turini kashf qildi. 

Bu “aqlli” molekulyar kristallar hatto oʻta past haroratlarda ham mexanik shikastlanishlarni mustaqil bartaraf eta oladi. 

Bu esa fazoni oʻzlashtirish va chuqur suv osti tadqiqotlari uchun yangi texnologiyalar yaratishga yoʻl ochadi.Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, material −196 °C (suyuq azotning qaynash harorati) dan +150 °C gacha boʻlgan oraliqda shikastlangandan soʻng oʻz tuzilishi va, eng muhimi, yorugʻlikni uzatish qobiliyatini tiklay oladi. Bunday keng harorat diapazonida, ayniqsa kuchli sovuqda oʻzini tiklash xususiyati organik kristallarda ilk bor kuzatilmoqda. 

Ilgari bunday xususiyatlar asosan gellar va polimerlar kabi yumshoq materiallarga xos boʻlib, ular qattiq sovuqda oʻz funksionalligini yoʻqotar edi. Materialning noyob xususiyatlarining kaliti uning molekulyar tuzilishida. Kristall molekulalari doimiy dipol momentiga ega, yaʼni ularda musbat va manfiy qutblar mavjud boʻlib, ular bir-birini tortadi va “yara bitishi” jarayonini taʼminlaydi.Olimlarning fikricha, ushbu kashfiyot ochiq fazoda ichonchli faoliyat koʻrsata oladigan yangi avlod egiluvchan optik va elektron qurilmalarini ishlab chiqishga zamin yaratadi. 

Mikrometeoritlar va kosmik chiqindilardan apparatlarni himoya qilish muammosi tobora kuchayib borayotgan bir paytda, mustahkam va yengil oʻz-oʻzini tiklaydigan materiallar kosmik kemalar va orbitadagi sunʼiy yoʻldoshlarni himoya qilishning asosiga aylanib, ularning barqarorligi va xizmat muddatini sezilarli darajada oshirishi mumkin.