1000 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratiladi

// 12 August 2019 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (46.53 KB)

“Samarqandkimyo” AJ faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar ba'zi axborot veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo'ldi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” AJ quyidagilarni ma'lum qiladi:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish to'g'risida”gi PQ-4265-sonli Qarorida ko'rsatilgan kimyo sanoatini 2019-2030 yillarga mo'ljallangan dasturiga muvofiq, zamonaviy ekologik toza kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish sharti bilan, “Samarqandkimyo” AJ Ustav kapitalidagi aksiyalarini horijiy hamkor “Ferkensco Management Limited” (Kipr) kompaniyasiga “nol” qiymatida sotilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, “Navoiyazot” AJ va Sirdaryo viloyatida (Yangier) azotli o'g'itlar ishlab chiqarish bo'yicha istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotganini hamda qishloq ho'jaligining fosforli o'g'itlarga bo'lgan katta talabini hisobga olgan holda “Samarqandkimyo” AJ bazasida murakkab fosforli o'g'itlar ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilgan.

Ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirish kamida 200 million AQSh dollar horijiy investitsiyalarni to'g'ridan-to'g'ri jalb qilishni o'z ichiga oladi. Ammofos, monoammoniy fosfat kabi fosforli o'g'itlar, tarkibida uchta ozuqa moddasi (NPK) – azot, fosfor va kaliy bo'lgan kompleks o'g'itlar ishlab chiqariladi. Bunda 300 ming tonna fosforli o'g'itlar va 300 ming tonna NPK o'g'itlar mavjud. Eng muhimi, eskirish darajasi 90% dan ortiq bo'lgan asbob-uskunalar to'xtatilib, uning o'rniga mineral o'g'itlar ishlab chiqarish uchun yangi energiya tejamkor, ekologik toza texnologiyani ishga tushirish nazarda tutilgan. Ushbu investitsiya loyihasi natijasida 1000 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratiladi.

Bugungi kunga kelib, “Samarqandkimyo” AJ rahbariyati bir necha yildan beri to'planib qolgan muammolarni hal qilish ustida ishlamoqda va ishchilarning uch oylik ish haqqi bo'yicha qarzlari to'landi.

Investitsiya loyihasi amalga oshirilayotganligi sababli OAV jurnalistlari va blogerlar uchun media-tur o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Hurmatli jurnalistlar, sizlardan tasdiqlanmagan ma'lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmasligingizni va bir-biringizga bunday ma'lumotlarni tarqatmasligingizni so'raymiz. Ishonchli ma'lumot uchun “O'zkimyosanoat” AJ bilan bog'laning.

“O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati