Davlat dasturi loyihasining BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLASH yoʻnalishi boʻyicha koʻzda tutilayotgan muhim choralar

// 17 January 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (759.81 KB)

2025-yilgi Davlat dasturi loyihasining BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLASH yoʻnalishi boʻyicha koʻzda tutilayotgan muhim choralar:

2025-yil 1-apreldan boshlab chiqindilar utilizatsiyasi hisobiga hamda shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun “yashil tarif”lar joriy etilishi belgilanmoqda. Bunda:

  • tadbirkorlik subyektlari tomonidan chiqindi va biogaz utilizatsiyasi orqali ishlab chiqariladigan hamda tashkilotlarning oʻz hududlarida oʻrnatgan shamol va quyosh elektr qurilmalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi;
  • aholining quyoshdan olingan va foydalanishda oʻz ehtiyojidan orttirib, davlatga sotadigan elektr energiyasi uchun imtiyozli tariflar belgilanadi.

Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.

Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting!  (https://uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama)