Mahsulot sotuvi

Ichki bozorni kimyo mahsulotlari shu jumladan qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash


Muhtaram Prezidentimiz kimyo sanoatini rivojlantirish, uning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini sogʻlomlashtirish hamda qishloq xoʻjaligiga mineral oʻgʻitlarni barqaror yetkazib berishga alohida eʼtibor qaratib, bir qator qarorlarni tasdiqlab berdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarori asosida mineral oʻgʻitlarni isteʼmolchilarga yetkazib berishda bozor tamoyillari, jumladan birjada ochiq savdolar orqali sotish yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.02.2018-yildagi PQ 3574 sonli qarori bilan qishloq xoʻjaligida bozor munosabatlarini keng joriy etish hamda qishloq xoʻjaligida moliyalashtirish va oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, shu asosda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va ularga xizmat koʻrsatuvchi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash, rentabelligini oshirish maqsadida 2018-yilning 1-martidan boshlab,  qishloq xoʻjaligiga mineral oʻgʻitlarni bozor munosabatlari asosida faqat birja savdolari orqali sotish mexanizmi joriy qilindi.
Agar tarixga nazar solsak, kimyo korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻitlarni qishloq xoʻjaligi korxonalariga gʻalla va paxta uchun yagona monopol mavqega ega boʻlgan “Agrokimyohimoya” jamiyatlari (Qishloqxoʻjalikkimyo) tomonidan amalga oshirilardi.
Hozirda, qishloq xoʻjiligi mahsulotlari yetishtiruvchilari birja savdolari orqali kimyo korxonasidan vositachilik ustamalarsiz mineral oʻgʻitlarni xarid qilishning imkoniyati paydo boʻldi.
Shuningdek, qishloq xoʻjaligi korxonalari va mineral oʻgʻit ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida oʻzaro shaffov hisob-kitoblar yoʻlga qoʻyildi.
Qishloq xoʻjaligi korxonalarida mineral oʻgʻitlarni tanlash imkoniyati paydo boʻldi. 
Yetkazib berilayotgan mahsulotlarga oldindan 100 foiz toʻlovlarning amalga oshirilishi va buning natijasida debitor va kreditor qarzdorliklarning oʻsib ketishining oldi olindi.
Mineral oʻgʻit ishlab chiqaruvchi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilandi, rentabellik darajasi oshirildi.
Bundan tashqari, fermer xoʻjaliklariga qulayliklar yaratish maqsadida har bir mineral oʻgʻit ishlab chiqaruvchi kimyo korxonalari tomonidan respublika xududlarida hususiy tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda mineral oʻgʻit saqlash uchun vakolatli omborlar tashkil etildi, mineral oʻgʻitlar birja savdolariga ushbu joylardagi omborlardan ham savdoga qoʻyib borilmoqda.
Hozirda, “Ombor hisobini yuritishni avtomatlashtirilgan tizimini yaratish” maqsadida "Mening omborim" dasturi ishlab chiqilib ishra tyshirildi va ushbu maʼlumotlarni real rejimda “onlayn” kuzatilishi yoʻlga qoʻyildi.