“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari tomonidan mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish dasturlari boʻyicha
2025 yilda amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
I. Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va mavjud quvvatlarni kengaytirish boʻyicha loyihalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining 2025-yil
11-martdagi 49-son bayoniga asosan “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari tomonidan 31 turdagi mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Ushbu dasturga kiritilgan 31 ta loyihadan 21 tasining mahalliylashtirish darajasi 100 foiz boʻlib, mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan.
Jumladan,18 ta kichik hajmdagi yangi loyihalar – “Navoiyazot” AJda sulfat kislota, fersuloksi koagulyanti, “Maxam-Chirchiq” AJda vanadiyli katalizator, oʻrta haroratli katalizator, ruh nitrati, “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” AJda sulfat kislotasi, ammoniy xlorid, sulfat kaliy, “Chirchiq kimyo-industrial texnoparki” negizida yuqori bosimli laminat, katalitik tizimlari, polimer quvurlari, koʻpikli polipropilendan tayyor mahsulotlar, polikarboksilat, bir martalik tibbiy kiyim, EVA bilan modifikatsiya qilingan poliyetilen plyonka, maishiy va avtomobil kimyoviy vositalari, “Chemistry International” MCHJ QKda paxta sellyulozasi, Gidroksipropilmetilsellyuloza (NRMS).
13 ta ishlab chiqarilishi kengaytirilgan loyihalar – “Navoiyazot” AJ da natriy gidroksid, PVX, tiomochevina, natriy sianid, kalsiy nitrat, poliakrilamid, “Maxam-Chirchiq” AJ da oltingugurt-magniy mikroelementli karbamid, zichligi past boʻlgan ammoniy nitrati eritmasi, ammoniy karbonat tuzi, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK da avtomobil shinalari, konveyer lentalari, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ QK da “A” markali kalsinatsiyalangan soda, “Tashkent Polymer Sintez” MChJ da karboksimetilsellyuloza (KMS).
II. Sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan loyihalar boʻyicha.
Mazkur bayonning 3-ilovasiga asosan 2025-yilda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari tomonidan sanoat kooperatsiyasi asosida jami 62 turdagi mahalliy mahsulotlar xarid qilinishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish maqsadida 2025 yilning mart-noyabr oylarida 11 ta kimyo sanoatiga ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida “Oʻzkimyosanoat” AJ nomi aks ettirilgan 64 m2 boʻlgan koʻrgazma stendi va tarmoq korxonalarning oʻz mahsulotlari bilan faol ishtiroki taʼminlanadi. Oʻtkazilidigan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida ishtirok etadigan yirik va kichik mahalliy korxonalar bilan kooperatsiya aloqalari oʻrnatilib kelishuvlar imzolanadi.
Jumladan, 13-14 mart kunlari Jizzax, 10-11 aprel kunlari Toshkent, 22-23 may kunlari Sirdaryo, 29-30 may kunlari Buxoro va 19-20 iyun kunlari Fargʻona viloyatlariga, 10-11 iyul kunlari Namangan, 11-12 sentyabr kunlari Navoiy, 25-26 sentyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 9-10 oktyabr kunlari Xorazm, 16-17 oktyabr Qashqadaryo viloyatlariga, 18-21 noyabr kunlari Toshkent shahriga toʻgʻri keladi.