1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022–2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-307-son qaror 5-ilovasi “Iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalar asosida ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish loyihalarini amalga oshirishning 2023—2026-yillarga moʻljallangan prognoz koʻrsatkichlari” yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida 20 ta innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda. Shunindek, mazkur qarorning 4-ilovasida 2023—2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan “drayver” innovatsion 14 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
2. “Oʻzkimyosanoat” AJning Tarmoq ilmiy-texnik kengashi yigʻilishlarida investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini, korxona va tashkilotlarning ilmiy-texnikaviy masalalarini hamda ratsionalizatorlik takliflari materiallarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlar tashkil etilgan.
3. “O‘zkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari Toshkent davlat texnika universiteti, Yangi Oʻzbekiston universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” MChJ, Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutilari bilan ilmiy-amaliy loyihalar ustida hamkorlikda ishlab kelmoqda.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3698-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida oʻtkaziladigan “InnoWeek.Uz” innovatsion gʻoyalar haftaligida “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari innovatsion mahsulotlari bilan faol ishtirok etadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” PQ-388-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda yetakchi xorijiy investorlar va ilm-fan vakillari ishtirokida har yili
IV chorakda ilmiy anjuman o‘tkaziladi.
6. “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi asosida sogʻlom, bilimli va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim boʻgʻiniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, ixtirochilar va innovatorlarni aniqlash, yoshlar orasida sogʻlom raqobat muhitini vujudga keltirish, ularning innovatsion gʻoyalarini hayotga tatbiq etish va yosh avlodni kimyo sanoatiga qiziqishini oshirish maqsadida har yili an’anaga aylangan “Kimyo sanoati yosh mutaxassislar forumi” o‘tkaziladi. Forumga tarmoq korxonalarida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislar va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar jalb etiladi.