Ajdodlarga ehtirom

AMIR TЕMURNING ILK TADQIQOTCHISI

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarini dunyo olimlari yakdillik bilan qomusiy asar sifatida baholashgan va shu bilan birga temuriylar Uyg‘onish davri va Bobur mavzuini yoritish bo‘yicha mukammal manba deb bilishgan.


“Samarqand ham fath etilsa, Samarqandda oʻzing oʻtir” – Boburning Humoyunga yozgan maktubi, boshqaruv siyosati va hayotidagi muhim nuqtalar

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida so‘z ketganda, hamisha shoh va shoir degan ta’rifga duch kelamiz. Ularning birini ikkinchisidan ustun qo‘yib bo‘lmasligini yaxshi bilamiz. Shoh va shoir Bobur degan bu ifodaga allaqachon o‘rganib bo‘lganmiz. Hamma gap qismatga bitilgan mana shu shohlik va shoirlikda ekanini ham tushunamiz.


22-fevral – Azim Suyun tavallud topgan kun

Azim Suyun 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyati Nurota tizma togʻlari etagida joylashgan Quduqcha qishlogʻida tugʻildi. Nakurt qishlogʻida Suyun bobo tarbiyasida oʻsib ulgʻaydi. Yosh Azim choʻpon otasi ortidan yurib, tabiat sirlari bilan oshno tutingan. Ayni shu omil boʻlgʻusi shoirning shakllanishiga taʼsir oʻtkazgan.


Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz!

Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat.