O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 30.04.2004 y. №204 [Ko'chirma]
Mamlakat xavfsizligini ta'minlash, ammiakli selitrani ishlab chiqarish, taqsimlash, tashish va sotishni nazorat qilish samaradorligini oshirish, uning yo'qolishi, o'g'irlanishi hollariga, portlovchi moddalarni yashirin tayyorlash uchun undan komponent sifatida foydalanish imkoniyatiga yo'l qo'ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Belgilab qo'yilsinki, ammiakli selitrani qishloq xo'jaligi va texnologiya ehtiyojlari uchun:
Ammiakli selitra birja savdolarida va chakana savdoda sotiladigan mahsulotlar va tovarlar ro'yxatidan chiqarilsin.
Ammiakli selitrani mineral o'g'itlar sotishning oraliq shoxobchalari orqali sotish taqiqlansin.
2. Belgilab qo'yilsinki, Vazirlar Mahkamasining "2004 yilda respublika qishloq xo'jaligini mineral o'g'itlar bilan ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" 2004 yil 23 yanvardagi 34-son qaroriga 2-ilovaning 1.1-bandidagi "qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga boshqa mahsulotlar yetkazib berish" kichik bandida ko'rsatilgan ammiakli selitra hajmlari qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan davlat bilan shartnomaviy majburiyatlarga ega bo'lmagan qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga "Qishloqxo'jalikkimyo" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali, shartnomalar asosida, 100 foiz haqini oldindan to'lash sharti bilan va yetkazib berishning har oylik jadvallariga binoan sotiladi.
5. "O'zkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Ј.I. Ibrohimov) 2004 yil 1 sentyabrgacha bo'lgan muddatda tayyorlovchi korxonalarda ammiakli selitrani (uning suyuq eritmalaridan tashqari) qadoqlashni va tegishli ravishda markalashni tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
6. Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi (S.B. Begaliev), "O'zagromashservis" uyushmasi (Sh.N. Nishonov) "O'zkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Ј.I. Ibrohimov) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga mineral o'g'itlar solish va o'simliklarni himoya qilish vositalarini qo'llanish bo'yicha servis xizmatlari ko'rsatuvchi ixtisoslashtirilgan qishloq xo'jaligi korxonalarini bosqichma-bosqich tashkil etish to'g'risida takliflarni ishlab chiqsinlar va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
7. Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi (S.B. Begaliev) qishloq xo'jaligi ekinlari turlari bo'yicha ammiakli selitrani sarflash normalarini belgilash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ular asosida tegishli tavsiyanomalarni tayyorlasin hamda qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazsin.
8. Vazirlar Mahkamasining "Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to'g'risida" 2004 yil 5 fevraldagi 57-son qarori (O'zbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 2-son, 10-modda) 3-ilovasiga 3-ilovaga muvofiq o'zgartirishlar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoev va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi R.E. Mirzaev zimmasiga yuklansin.
I. Karimov
Vazirlar Mahkamasining Raisi
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 30 apreldagi 204-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining "Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to'g'risida" 2004 yil 5 fevraldagi 57-son qarori 3-ilovasiga kiritilayotgan
O'ZGARTIRIShLAR
1. 46-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to'ldirilsin:
"Mineral o'g'itlarni sotishning mazkur tartibi davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish bo'yicha shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olinmagan qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga ammiakli selitra sotishga tatbiq etilmaydi".
2. 47-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to'ldirilsin:
"Davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish bo'yicha shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olingan qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga ammiakli selitra sotish "Qishloqxo'jalikkimyo" hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan, yarmarka savdolari o'tkazilmasdan amalga oshiriladi".