KUN TARTIBI:
- “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvining 2020-yil moliya-xo‘jalik faoliyatining yakunlari boʻyicha biznes-reja koʻrsatkichlarining bajarilishi, shuningdek, jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan choratadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini koʻrib chiqish.
- “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining 2020-yil yakunlari boʻyicha hisobotini koʻrib chiqish.
- “Oʻzkimyosanoat” AJ Kuzatuv kengashining 2020-yil yakunlari boʻyicha hisobotini koʻrib chiqish.
- “Oʻzkimyosanoat” AJ taftish komissiyasining 2020-yil yakunlari boʻyicha jamiyatda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonunchilikning va jamiyat ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi xulosasini koʻrib chiqish.
- “Oʻzkimyosanoat” AJ moliya-xo‘jalik faoliyatining 2020-yil yakunlari boʻyicha AFMSga muvofiq tayyorlangan audit xisobotini tinglash.
- “Oʻzkimyosanoat” AJ 2020-yil yakunlari boʻyicha yillik hisobotini tasdiqlash.
- “Oʻzkimyosanoat” AJ 2020-yil yakunlari boʻyicha sof foyda taqsimoti va dividendlarni to‘lash tartibi, hajmi va shaklini tasdiqlash.
- “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv organi tarkibini tasdiqlash va ularning vakolatlarini uzaytirish.
- “Oʻzkimyosanoat” AJ 2020-yil yakuni bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash yakunlarini ko‘rib chiqish.
- “Oʻzkimyosanoat” AJning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishgacha bo‘lgan davrdagi xo‘jalik faoliyatida affillangan shaxslar bilan kelajakda amalga oshirish jarayonida keyingi yagona aksiyador yig‘ilishiga qadar tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni ma’qullash.
Yuklab olish