2016 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 576,6 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 103,3%) hamda 51,1 mlrd. so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 110,9%) ishlab chiqarildi.
Sof holda 328,46 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 266,1 ming tonna azotli o'g'itlar, 35,9 ming tonna fosforli o'g'itlar va 26,46 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2016 yil yanvar-mart oylarida 65,44 mlrd.so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi (o'sish sur'ati 106,6%).
2016 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni bajarish doirasida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari tomonidan 42,9 mln.dollar hajmida investitsiyalar o'zlashtirildi va prognoz 108,8%-ga bajarildi.
Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjada tuzilgan shartnomalarga binoan 89,21 mlrd.so'mlik mahsulot kompaniya korxonalari tomonidan sotib olindi (prognozga nisbatan 120,7%).
338 yangi ish o'rni, shu jumladan kasanachilik asosida 9 ish o'rni yaratildi.
Xududiy «Qishloqxo'jalikkimyo» aksiyadorlik jamiyatlaridagi mavjud texnikalar yordamida qishloq xo'jaligi korxonalariga 2016 yil yanvar-mart oylari davomida 8570,7 mln.so'mlik agrokimyoviy xizmatlar ko'rsatildi. Jumladan, 37,8 ming tonna kompost tayyorlandi va 256,4 mln.so'mlik 27,2 ming tonna kompost sotildi. 121,4 ming tonna organik va 137,5 ming tonna mineral o'g'itlar fermer xo'jaliklari ekin maydonlariga yetkazib berildi. 967,17 ming gektar g'alla va paxta maydonlarida mineral o'g'itlar sepilib, suspenziya tadbirlari o'tkazildi.
“O'zkimyosanoat” AJ matbuot xizmati”