Taftish komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 29-martdagi 166-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi”ning 34-bandida davlat ishtirokidagi korxonalarda taftish komissiyalari faoliyati bekor qilinishi belgilangan. Bunda davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashlari a’zolari tarkibidan iborat audit qo‘mitasi tashkil qilinishi qayd etilgan.

“2021 — 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi” talablariga muvofiq “O‘zkimyosanoat” AJ yagona aksiyadorining 2023-yil 7-avgustdagi 13/13-9-son qaroriga asosan jamiyatning taftish komissiyasi tugatilgan.

O‘z navbatida, kuzatuv kengashi aʼzolaridan iborat “Audit qoʻmitasi” tashkil etilgan.

Xavola: Kuzatuv kengashi aʼzolaridan iborat “Audit qoʻmitasi”