“OʻZKIMYOSANOAT” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi 2025-yil 30-iyun kuni soat 15:00 da Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy (“Oʻzkimyosanoat” AJ maʼmuriy binosi)da oʻtkaziladi.
Umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish 2025-yil 30-iyun kuni soat 14:00 da boshlanib, soat 15:00 gacha davom etadi.
KUN TARTIBI:
1. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
3. “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining 2024-yil yakunlari boʻyicha biznes-reja koʻrsatkichlarining bajarilishi, shuningdek, jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqish.
4. “Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashining 2024-yil yakunlari boʻyicha hisobotini koʻrib chiqish.
5. 2024-yil yakunlari boʻyicha jamiyatda oʻtkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini koʻrib chiqish.
6. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2024-yil moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan auditorlik xulosasini koʻrib chiqish.
7. “Oʻzkimyosanoat” AJning 2024-yil uchun yillik hisobotini koʻrib chiqish.
8. “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi aʼzolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish.
9. Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari bilan tuzilgan shartnomalarga qo‘shimcha kelishuvni tasdiqlash.
Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun aksiyadorlar reestri 2025-yil 10-iyun holatiga hamda umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar reestri 2025-yil 24-iyun holatiga shakllantiriladi.
Umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari soʻraladi.
Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy, telefon: +(99878) 140-74-97, 140-74-98. E-mail: info@uks.uz
“Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi