“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2024-yil 24-oktabr kuni soat 15:00 da oʻtkaziladi

“OʻZKIMYOSANOAT” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2024-yil 24-oktabr kuni soat 15:00 da masofadan turib axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz berish “eVote” platformasi orqali oʻtkaziladi.

KUN TARTIBI:

1. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.

3. “Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari bilan tuziladigan shartnomani tasdiqlash.

Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi: 2024-yil 2-oktabr holatiga.

Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar roʻyxati 2024-yil 18-oktabr holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestriga asosan tuziladi.

Umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz/) foydalangan holda, 2024-yil
24-oktabr kuni soat 14:00 da boshlanib, soat 15:00 gacha davom etadi.

Umumiy yigʻilishda ishtirok etish va ovoz berish tartibi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan e-Vote elektron ovoz berish xizmatidan foydalanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Umumiy yigʻilishda shaxsan ishtirok etish uchun aksiyadorlar oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari soʻraladi.

Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy, telefon: +(99878) 140-74-97, 140-74-98. E-mail: info@uks.uz

“Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi