“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2023-yil 22-noyabr kuni oʻtkaziladi

“OʻZKIMYOSANOAT” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2023-yil 22-noyabr kuni soat 17:00 da Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy manzilida joylashgan jamiyatning maʼmuriy binosida oʻtkaziladi.

KUN TARTIBI:

1. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.

3. “Oʻzkimyosanoat” AJning ustav kapitali miqdorini belgilash.

4. “Oʻzkimyosanoat” AJning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash.

5. “Oʻzkimyosanoat AJ tomonidan Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun Korporativ boshqaruv qoidalari tavsiyalariga rioya etish majburiyatini qabul qilish hamda xabar shaklini tasdiqlash.

6. “Oʻzkimyosanoat” AJ ijroiya organining rahbarlik lavozimlariga tanlov oʻtkazish va nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar roʻyxati 2023-yil 16-noyabr holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga asosan tuziladi.

Umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish 2023-yil 22-noyabr kuni soat 16:00 da boshlanib, soat 17:00 gacha davom etadi.

Umumiy yigʻilishda qatnashish uchun aksiyadorlar oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʻraladi.

Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy, telefon: +(99878) 140-74-97, 140-74-98.

“Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi