“Comply or explain” (“rioya qil yoki tushuntir”) xalqaro tamoyiliga asosan e’lon (Kuzatuv kengashiga mustaqil aʼzolarni kiritish)

“O‘zkimyosanoat” AJ Korporativ boshqaruv kodeksining 14-bandiga muvofiq kodeksning muayyan tavsiyalariga rioya etish imkoni mavjud bo‘lmaganda, AJ “comply or explain” (rioya qil yoki tushuntir) xalqaro tamoyiliga rioya qilgan holda sabablarini to‘liq oshkor etadi.

Kodeks tavsiyalariga rioya qilinmagan yo‘nalishlar Tushuntirishlar
Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga amal qilinishini baholash
Kuzatuv kengashiga mustaqil aʼzolarni kiritish.

Korporativ boshqaruv Kodeksining 6.2-bandiga asosan AJ “Kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi nizom” talablariga muvofiq kuzatuv kengashi tarkibiga bittadan kam boʻlmagan (ammo ustavda koʻzda tutilgan kuzatuv kengashi aʼzolari sonining 15 foizidan kam boʻlmagan) mustaqil aʼzo kiritadi.

Bugungi kunda Jamiyat kuzatuv kengashi tarkibida mustaqil aʼzolar mavjud emas.

Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 761-moddasida Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan jamiyatning, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil aʼzo kiritilishi kerak. Bunda kuzatuv kengashining mustaqil aʼzoligiga nomzodlar, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan, qoida tariqasida, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi koʻrib chiqishi uchun tanlov asosida koʻrsatilishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-son Farmoni talablariga muvofiq jamiyat ustavining 8.32-bandiga asosan Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga ustavda nazarda tutilgan kuzatuv kengashi aʼzolaridan kamida 30 foizi mustaqil aʼzolar – xalqaro tanlov asosida chet ellik soha mutaxassislarini (jumladan, vatandoshlarni) faol jalb etish orqali malakali xalqaro mutaxassislar kiritilishi belgilangan.

Jamiyat Kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil aʼzolarni jalb qilish boʻyicha tanlov hujjatlari, xususan, texnik topshiriqlar ishlab chiqildi hamda oʻtkazilgan xalqaro tanlov natijalariga koʻra kelib tushgan nomzodlar boʻyicha maʼlumotnomalar yagona aksiyadorga kiritildi.

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 761-moddasiga muvofiq kuzatuv kengashining mustaqil aʼzolari mezonlariga javob beradigan nomzodlar aksiyadorlar tomonidan koʻrsatilmaganligi sababli “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil aʼzolari kiritilmaganini maʼlum qiladi.