"O'zkimyosanoat" AJ

"O'zbekneftgaz" va "O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlarida korruptsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimi joriy etilmoqda

// 06 November 2019 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/about-us/control-compliance

Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi ishchi organi – Bosh prokuratura tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “O'zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korruptsiyaga qarshi kurashish” loyihasi hamkorligida “O'zkimyosanoat” va “O'zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlarida korruptsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish maqsadida korruptsiyaga qarshi kurashish «komplaens nazorat» (compliance control) tizimini joriy etish bo'yicha ishlar boshlandi.

Ushbu loyiha yetakchi halqaro tashkilotlardan biri hisoblangan halqaro auditorlik kompaniyasi KPMG (Italiya) ekspertlari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Taqdimot davomida “KPMG” ekspertlari mazkur loyihani xalqaro ekspertlarning faol qo'llab-quvvatlashi bilan amalga oshirilishi jamiyatlarda korruptsiyaga qarshi halqaro standartlar va amaliyotlarni samarali joriy etishga imkon berishini, shuningdek jamiyatlarning shaffofligi, korporativ boshqaruv darajasi va investitsiyaviy jozibadorligi oshishini ta'kidlab o'tishdi.

Bundan tashqari, mazkur jamiyatlarda korruptsiyaga qarshi choralarni samarali amalga oshirishda to'plangan tajribadan boshqa ustav jamg'armasida davlat ulushi bo'lgan tashkilotlarda va ho'jalik yurituvchi sub'ektlarda korruptsiyaga qarshi kurashning umumiy yo'nalishini shakllantirish uchun foydalanish mumkinligi qayd etildi.

Manba: O'zR. Bosh prokuraturasi