"O'zkimyosanoat" AJ

Farzand va farzand tarbiyasi haqida

https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/manaviyat/kun-hikmati/farzand-va-farzand-tarbiyasi

Birni bersang otangga,
Mingni olasan bolangdan.

***

Bola beshikdan yiqilguncha,
Podsho taxtidan yiqilsin.

***

Bol – shirin, boldan – bola shirin.

***

Bola boʻlsa, beshik topilar.

***

Bola boʻlsa, shoʻx boʻlsin,
Shoʻx boʻlmasa, yoʻq boʻlsin.

***

Bola koʻngli — podsho.

***

Bola — xondan ulugʻ.

***

Bola oʻnga kirsa, otasi songa kirar.

***

Bolali uyda sir yotmas,
Bolasiz uyda kir yotmas.

***

Gung bolaning gapini
Kar onasi tushunar.

***

Yolgʻiz bola – yovdan yomon.

***

Yolgʻiz bola yigʻloq boʻlar,
Yolgʻiz tuya – baqiroq.

***

Ona bilan bola – gul bilan lola.

***

Onaning koʻngli bolada,
Bolaning koʻngli dalada.

***

Farzandni boqish qiyin,
Farzandga yoqish qiyin.

***

Yaxshi oʻgʻil – el obroʻsi,
Yaxshi qiz – uy obroʻsi.

***

Oʻnta boʻlsa oʻrni boshqa,
Qirqta boʻlsa – qiligʻi.

***

Oʻgʻilli uy – farishta,
Qizli uy – sarishta.

***

Qiz – meniki, baxti – oʻzganiki.

Kumush Abdusalamova toʻpladi