"O'zkimyosanoat" AJ

Kimyoviy va oʻgʻitlar sektori uchun past uglerodli rivojlanish yoʻli

https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/esg/environmental/low-carbon-pathway

“O'zkimyosanoat” AJ ERM xalqaro maslahatchisi bilan birgalikda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) koʻmagida O'zbekistondagi eng yirik azotli o'g'itlar ishlab chiqaruvchi “Navoiyazot” AJ negizida kam uglerodli rivojlanish bo'yicha “yo'l xaritasi”ni tayyorladi.

"Navoiyazot" AJ iqlim bilan bog'liq moliyaviy ma'lumotlarni oshkor qilish bo'yicha maxsus guruh (TCFD) tavsiyalariga muvofiq

Iqlim oʻzgarishi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati va barcha manfaatdor tomonlar uchun strategik xavf tugʻdirishi bilan birga, moliyaviy ta’sirga ega boʻlgan imkoniyatdir. Shuning uchun biz iqlim bilan bogʻliq moliyaviy ma’lumotlarni oshkor qilish boʻyicha ishchi guruhning (TCFD) tavsiyalariga amal qilgan holda, iqlimning biznesga boʻlgan ta’sirini tahlil qilish va ochib berishga intilamiz.

TCFD – bu moliyaviy barqarorlik Kengashi (FSB) tomonidan ishlab chiqilgan va turli tashkilotlarning soha mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u kompaniyalarga iqlim bilan bog'liq xavf va imkoniyatlarni baholash va oshkor qilish hamda ularni tashkilotdagi kengroq xavflarni boshqarish tuzilmalariga integratsiya qilish bo'yicha tavsiyalar beradi.

Bu Navoiyazot AJning TCFD bilan muvofiqlashtirilgan iqlim haqidagi maʼlumotlarning birinchi oshkor etilishi boʻlib, u TCFD tuzilmasining quyidagi asosiy tamoyillariga asoslanadi:

  1. Boshqaruv
  2. Strategiya
  3. Xavflarni boshqarish
  4. Koʻrsatkichlar va maqsadlar

1.BOSHQARUV:

“Navoiyazot” AJ boshqaruvi tuzilmasi uch toifadan iborat tuzilma boʻlib, unda aksiyadorlar yigʻilishi “Navoiyazot” AJning oliy boshqaruv organi hisoblanadi va shu bilan birga Kuzatuv kengashi aktsiyadorlar yigʻilishiga hisobot beradi.

Kuzatuv kengashi tarkibiga quyidagilar kiradi:

Boshqaruv raisi “Navoiyazot” AJ boshqaruviga rahbarlik qiladi, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

Veb-saytimizda kengash aʼzolarining tajribasi va malakasi haqida maʼlumot berilgan: https://www.navoiyazot.uz/ru/menu/organizatsionnaja-struktura

“Navoiyazot” AJ tashkiliy tuzilmasi

 

Rahbariyat bizning faoliyatimizni boshqaradi va sogʻlom atrof-muhitni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asosida qurilgan strategik yoʻnalishni belgilaydi.

Biz atrof-muhit masalalari (masalan, havo va suv) boʻyicha aloqa va hisobot berish tartiblarini oʻrnatdik. Ekologiya, mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi boshqarmalari va bosh energetik kabi tegishli boshqarmalarning boshliqlari yiliga ikki marta kengash raisi oʻrinbosarlariga ruxsat etilgan maksimal KPI (faoliyatning asosiy koʻrsatkichlari)ga erishish toʻgʻrisida hisobot beradilar. Kengash raisi Kuzatuv kengashiga hisobot beradi.

Biz “Navoiyazot” AJda atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) masalalari, jumladan, kompaniyamiz uchun belgilangan ESGning ustuvor muammolaridan biri sifatida iqlim oʻzgarishiga mas’ul boʻlgan ESG ishchi guruhini tuzdik. Guruh har ikki haftada bir marta yigʻiladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

Tashqi ekspert kompaniyasi “Navoiyazot” AJda issiqxona gazlari (IG) hisobini olib borish, iqlim bilan bogʻliq xavf va imkoniyatlar boʻyicha salohiyatni oshirish yuzasidan bir nechta treninglar oʻtkazdi. Treninglar yuqori turuvchi rahbariyatga ham, oʻrta boʻgʻin rahbarlariga ham yoʻnaltirildi.

Kompaniyaning Ustavi, Xavflar reyestri va boshqa mavjud boshqaruv hujjatlariga iqlim bilan bogʻliq mavzular va TCFD tavsiyalarini kiritish rejalashtirilgan.

2.STRATEGIYA:

2023-yilda biz “Navoiyazot” AJning iqlim xavfi va imkoniyatlarini baholash uchun ERM xalqaro tajribasiga ega tashqi barqarorlik boʻyicha konsalting kompaniyasini jalb qildik. Baholash davomida “Navoiyazot” AJ faoliyatiga fizikaviy iqlim oʻzgarishi qanday taʼsir koʻrsatishi va “Navoiyazot” AJ kam uglerodli iqtisodiyotga oʻtish bilan bogʻliq xavf va imkoniyatlarga qanday duch kelishi tahlil qilindi. Baholash past uglerodli va yuqori uglerodli ssenariylarda aniqlangan xavf va imkoniyatlar vaqt oʻtishi bilan qanday rivojlanishini baholash ssenariylari tahlilini oʻz ichiga olgan.

Fizikaviy xavf-xatarlarga kelsak, umuman olganda, bizning kompaniyamiz hudidida iqlimiy fizikaviy xavflarning taʼsir koʻrsatishi oʻrtacha "pastligi" aniqlangan. Biroq, bizning faoliyatimizda suv tanqisligi va qurgʻoqchilik, oʻrmon yongʻinlari va qattiq sovuq kabi oʻziga xos xavflarga duch kelish ehtimoli yuqori boʻlishi mumkin. Ushbu ekstremal hodisalarning kuchayib borishi biznesga bo‘lgan salbiy taʼsirni kuchaytirish ehtimoli mavjud. (1-jadval)

Oʻtish imkoniyati va kutilayotgan xavf

TCFD koʻrsatmalariga koʻra, kompaniyani baholash uchun asosiy holat va past uglerodli ssenariylardan foydalanish kerak. Oʻtish ssenariysi koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlar, asosan, Xalqaro energetika agentligining (IEA) “2023-yilgi Jahon energetika istiqboli” bilan toʻldirilgan 2022-yilga moʻljallangan “Moliyaviy tizimni koʻkalamzorlashtirish tarmogʻi”ning (NGFS) “Iqlim ssenariylari”dan olingan.

Shunga koʻra, biz ikkita istiqbolli iqlim ssenariylaridan foydalandik:

Baholashda asosiy holat (hozirgi iqlim) sharoitlari bilan birga kelajakdagi uchta davriy kesimlarda koʻrib chiqildi. Ular “Navoiyazot” AJ biznesiga eng mos deb topildi: 2030 (qisqa muddatli), 2040 (oʻrta muddatli), 2050 (uzoq muddatli hisoblanadi).

Jismoniy xavflar

Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Hukumatlararo ekspertlar guruhining (IO‘HEG) 2021-yildagi oltinchi baholash hisobotida (BH6) umumiy iqtisodiy yoʻl (iqtisodiy yoʻl) ssenariylari qoʻllaniladi. Ushbu baholashda SP1-2.6 vasp5-8.5 2030- va 2050-yillardagi davriy kesimlari doirasida ishlatiladi. Ushbu baholashda ishlatiladigan ssenariylar va davriy kesimlar tanlash ilgʻor amaliyotga mos keladi. Ushbu baholash uchun quyidagi ssenariylar tanlanadi:

Baholashda kelajakdagi ikkita davriy kesimlar va asosiy (hozirgi iqlim) sharoitlar koʻrib chiqiladi. "Navoiyazot" AJ biznesiga eng koʻp mos keladigan: 2030-yil (qisqa muddatli, 2015-2044-yillar maʻlumotlari asosida) va 2050-yil (uzoq muddatli, 2035-2064-yillar ma’lumotlari asosida).

1-jadval: “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati uchun aniqlangan asosiy iqlim xavflari va imkoniyatlari

Oʻtish xavfi va imkoniyati Xavf/imkoniyat nomi Xavf tavsifi Turkum Xavf/imkoniyat
Uglerod narxini belgilash qoidalari Kam uglerodli iqtisodiyotga oʻtish kompaniyaning operatsion xarajatlariga (OPEx) ta’
sir koʻrsatadigan uglerod narxini belgilash mexanizmlarini keng joriy etishni talab qilishi kutilmoqda.
Siyosat va huquqshunoslik Xavf
Moliyaviy manfaatdor tomonlar/investorlarning fikr-mulohazalarini oʻzgartirish Emissiyasi past boʻlgan ishlab chiqaruvchilar (barqaror investitsiyalar) foydasiga investorlarning qiziqishi ortishi kutilmoqda. Oʻzlarining iqlim maqsadlariga erishish yoʻlida ekanliklarini isbotlaydigan yoki oʻz mahsulotlari va xizmatlari bilan issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga hissa qoʻshadigan kimyoviy kompaniyalar investorlar uchun yanada jozibador boʻladi, yuqori uglerodli kompaniyalar esa tashqi investorlarning qiziqishini toʻxtatishi ehtimoli mavjud. Bozorlar Xavf
Emissiya boʻyicha kengaytirilgan hisobot majburiyatlari "
Navoiyazot"
AJ Oʻzbekistonda chiqindilar boʻ yicha hisobot taqdim etishi shart emas. Ba’
zi bozorlar yoki qoidalar (masalan, Yevropa Ittifoqining uglerod chegaralarini tartibga solish mexanizmi (CBAM)) uglerod chiqindilari bilan bogʻliq mahsulotlar uchun deklaratsiyalarni talab qiladi. ESGNI boshqarish uchun qoʻshimcha resurslar kerak boʻladi, bu esa operatsion xarajatlarni oshirish ehtimolini yuzaga keltiradi.
Siyosat va huquqshunoslik Xavf
Energiya samaradorligini oshirish Energiya samaradorligini oshirish energiyani tejash orqali operatsion xarajatlarni potentsial kamaytirishga olib kelishi ehtimoli mavjud. Resurs samaradorligi Imkoniyat
Kam uglerodli mahsulotlarni sotish imkoniyati Yevropa, Amerika va/yoki Osiyo bozorlaridagi mijozlar tobora kam uglerodli mahsulotlarni afzal koʻrishmoqda, chunki bu ularga issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish boʻyicha oʻz maqsadlariga erishishga yordam beradi va/yoki mahalliy yoki mintaqaviy qoidalarga muvofiqligini ta’
minlaydi. "
Navoiyazot"
AJ hozirda oʻz ishlab chiqarish jarayonlarini dekarbonizatsiya qilish yoʻllarini oʻrganmoqda.
Mahsulotlar va xizmatlar Imkoniyat
Fizicheskiye riski* Haddan tashqari (anamal) issiqlik Issiqlik toʻlqinlari konditsioner kabi boshqaruv tizimlarini oʻrnatish uchun kapital xarajatlarni (CapEx) oshirish zarurligiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, obyekt xodimlarining salomatligi va xavfsizligiga ta’
sir qilishi ehtimoli mavjud.
Oʻtkir xavf Xavf
Qattiq sovuq Sovuq davrlar haroratga sezgir boʻlgan ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini pasayishiga va kerakli ishlab chiqarish haroratini saqlab turish uchun isitish tizimlarini oʻrnatish xarajatlarining oshishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, obyekt xodimlarining salomatligi va xavfsizligiga ta’
sir qilishi ehtimoli mavjud.
Oʻtkir xavf Xavf
Suv stressi va qurgʻoqchilik Kam suv sarfi foydalaniladigan sifat va hajmlarni kamaytirishi mumkin, bu esa ishlab chiqarish jarayonlarida foydalanish uchun toza suv sotib olish uchun operatsion xarajatlarni oshiradi. Suv infratuzilmasiga sarmoya kiritish va kapital xarajatlarga sezilarli ta’
sir koʻrsatadigan suv samaradorligini oshirish mexanizmlari talab qilinishi ehtimoli mavjud.
Surunkali xavf Xavf
Oʻrmon yongʻinlari Oʻrmon yongʻinlari operatsion aktivlarga, shuningdek, obyekt xodimlarining salomatligi va xavfsizligiga toʻgʻridan toʻgʻri zarar etkazishi mumkin, ayniqsa infratuzilma toʻgʻridan toʻgʻri olov va/yoki issiqlik ta’
sirida boʻlsa. Bu kapital va operatsion xarajatlarga ta’sir qilishi ehtimoli mavjud.
Oʻtkir xavf Risk

* Boshqa jismoniy xavflar ham hisobga olingan; ammo ularning ahamiyati pastligi aniqlandi.

Hozirda biz ssenariy tahlili orqali aniqlangan iqlim bilan bogʻliq xavf va imkoniyatlarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish ustida ishlamoqdamiz.

Jismoniy xavflarni nazorat qilishning ba’zi mavjud boʻlgan choralari:

Oʻtish xavfi va imkoniyatlariga kelsak, ular ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish/ekologik toza sanoat tarmoqlarini qurishga investitsiyalar kiritish orqali hal qilinadi. Issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga yordam beradigan yangi investitsiya loyihalarini oʻz ichiga olgan strategiya ishlab chiqilgan. Qayta tiklanadigan energiya loyihasi rejalashtirilgan. Har bir yangi loyiha uchun texnik ekspertizadan tashqari energiya sarfini koʻrib chiqish, ekologik ekspertiza va loyihaning davlat talablariga muvofiqligini tahlil qilish amalga oshiriladi.

Biz iqlim bilan bogʻliq ushbu xavf va imkoniyatlarga javob berish uchun batafsilroq harakatlar rejasi ustida ishlamoqdamiz hamda ushbu rejani, shu bilan birga, iqlim bilan bogʻliq xavflarni bartaraf etishdagi yutuqlarni strategik qarorlarimiz va kelajakdagi ma’lumotlarimizga kiritamiz.

3.XAVFLARNI BOSHQARISH:

Bizning tizimimiz va xavflarni boshqarish jarayonlari Integratsiyalashgan boshqaruv tizimiga (IBT) asoslangan. IBT doirasida Boshqaruv raisi tomonidan imzolanadigan xavflarni kamaytirish boʻyicha tadbirlarni aniqlash, xavflarni baholash, ishlab chiqish va nazorat qilish tartib-qoidalari belgilangan. Biz past uglerodli iqtisodiyotga oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan qisman jismoniy va ba’zi xavflarni, masalan, energiya narxlarining oʻzgarishi, mahsulot narxlarining oʻzgarishi xavfi, beqaror energiya ta’minoti xavfi va xavflar reyestriga kiritilgan elektr ta’minotining uzilishi (hozirda toʻgʻridan toʻgʻri "iqlim xavfi"deb nomlanmagan) xavf reyestrini tayyorladik). Bizning xavflarni aniqlashimiz "yuqoridan pastga" -yuqori rahbariyat darajasida aniqlangan xavflar va "pastdan yuqoriga" yondashuv – tarkibiy boʻlinmalar va ishlab chiqarish xodimlari darajasida aniqlangan xavflarga boʻlgan yondashuvni oʻz ichiga oladi. Bizda ishlab chiqarish rahbarlari va xavflarni boshqarish boʻlimi oʻrtasida aloqa oʻrnatilgan:  ehtimoli boʻlgan xavflar, shu jumladan, xavfli tabiiy hodisalar va ekologik xavflar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar joylarda yigʻilib, keyinchalik xavflar reyestrida umumlashtiriladi.

Iqlim bilan bogʻliq xavf ssenariylari va imkoniyatlarini tahlil qilishni tugatgandan soʻng, biz iqlim bilan bogʻliq mavzular bilan xavflar reyestrini kengaytiramiz.

4.Koʻrsatkichlar va maqsadlar:

Bizning "Oʻzkimyosanoat" AJ xolding kompaniyamiz dunyoning iqlim isishi ssenariysiga 1,5°C ga oʻtishiga yordam beradigan ulkan iqlim maqsadlarini oʻz oldiga qoʻydi: biz “Oʻzkimyosanoat” AJda 2030-yilga kelib, 1-va 2-sonli issiqxona gazlari emissiyasini 42% ga kamaytirishga intilamiz va 2025-yilga kelib 3-qamrov emissiyasini kamaytirish boʻyicha qisqa muddatli maqsadni belgilash ustida ishlamoqdamiz.  Bundan tashqari, biz sof nolga erishish uchun qoldiq kompensatsiya choralari bilan 2050-yilga kelib 1-3-qamrov issiqxona gazlarining mutlaq emissiyasini 90% ga kamaytirishga va’da beramiz. Chiqindilarni kamaytirish boʻyicha qisqa va uzoq muddatli maqsadlarimiz Global isishni 2°C dan ancha past darajada cheklash vazifasiga mos keladi va shu bilan Parij kelishuviga hissa qoʻshadi. Qoʻshimcha ma’lumotni https://uzkimyosanoat.uz/en/esg/decarbonization.  saytidan olishingiz mumkin.

Ushbu iqlim maqsadlari “Navoiyazot” AJ zimmasiga bosqichma-bosqich yuklatilgan.

Biz issiqxona gazlarining asosiy emissiyasini yiliga 2291 ming tonna CO2-ekv deb baholadik (2022-yilda "Navoiazot" AJ zavodining umumiy chiqindilari).

Biz qayta tiklanadigan energiya bilan elektrlashtirishni, uglerodni ushlash va saqlashni, N2O chiqindilarini kamaytirishni va issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish uchun yashil vodoroddan foydalanishni koʻrib chiqmoqdamiz. Hozirda biz ushbu texnologiyalarni potentsial amalga oshirish maqsadida baholayapmiz va harakatlar rejasini ishlab chiqmoqdamiz.

Bundan tashqari, biz “Navoiyazot”AJda ishlab chiqarishni yanada barqaror qilish uchun moʻljallangan birinchi investitsiya loyihalarini ishga tushirdik. Qoʻshimcha ma’lumot https://www.navoiyazot.uz/en/menu/investitionnaja-dejatelnost saytida keltirilgan. Issiqxona gazlari emissiyasi bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa koʻrsatkichlar va maqsadlarga kelsak, biz havo va suv chiqindilarining ruxsat etilgan maksimal kontsentratsiyasi kabi koʻrsatkichlarni kuzatamiz, shuningdek, har bir yangi loyiha uchun texnik ekspertizadan tashqari energiyadan foydalanish, atrof-muhit ekspertizasi va loyihaning davlat talablariga muvofiqligini tahlil qilamiz.