// 01 March 2021 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/tender/corporate-advisor
Tanlovda ishtirok etish uchun 2021 yil 20 martga qadar O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Navoiy ko'chasi 38-uyda joylashgan “O'zkimyosanoat” AJ pochta manziliga yoki elektron pochta E-mail: uzkimyosanoat@uks.uz orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza yuborilishi lozim:
- pasport nusxasi (ro'yxatga olingan yashash joyi ko'rsatilgan holda);
- korporativ munosabatlar va qimmatli qog'ozlar sohasida (shu jumladan, o'rindoshlik bo'yicha) ish staji to'g'risida ma'lumot (ob'ektivka);
- korporativ boshqaruvchining malaka sertifikati va h.k. boshqa tegishli hujjatlar nusxalari;
- O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida yoxud O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasidagi ta'limga tengligi e'tirof etilgan xorijiy davlat ta'lim muassasalarining diplom nusxalari.
Korporativ maslahatchini yollash jamiyat Kuzatuv kengashi qarori bilan amalga oshiriladi.
Ko'rsatilgan muddatlardan keyin kiritilgan takliflar haqiqiy emas deb hisoblanadi va ko'rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998 78) 140-74-97, 140-74-51, 140-74-67.