"Maxam-Chirchiq" aksiyadorlik jamiyatida "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida tadbir tashkil etildi.
Xabaringiz bor yurtimiz bo'ylab favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo'yicha 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar "Yong‘in xavfsizligi oyligi" e'lon qilingan.
Bugun "Maxam-Chirchiq" AJ ishchi-xodimlari uchun targ'ibot va tashviqot tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirni "Maxam-Chirchiq" AJ boshqaruvi raisi-Saydaxmedov Xotam Anvarovich ochib berdi.
Tadbirda Jamiyat ishchi-xodimlari uchun favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda uni bartaraf etish, jabrlanganlarni qutqarish, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, sodir bo'lgan yong'inni o'chirish bo'yicha o‘quv mashqlari hamda texnikalar namoyishi bo'lib o'tdi.