"O'zkimyosanoat" AJ

Yashil vodorod sotib olish yuzasidan shartnoma imzolash marosimi boʻlib oʻtdi

// 18 May 2023 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/yashil-vodorod

“Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi oʻrtasida Yashil vodorod (HPA) sotib olish yuzasidan shartnoma imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32 yillik yigʻilishi doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi oʻrtasida, umumiy qiymati 88 mln AQSH dollariga teng boʻlgan yiliga 3 000 tonna yashil vodorodni ishlab chiqarish loyihasi boʻyicha “Yashil vodorod sotib olish (HPA)” yuzasidan shartnoma imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlab oʻtish lozim, mazkur loyiha doirasida “ACWA UKS GH2” qoʻshma korxonasi (“ACWA Power” – 80% va “Oʻzkimyosanoat” AJ – 20%) tashkil etilgan boʻlib, loyiha doirasida 52 MVt quvvatga ega shamol turbinasini va 20 MVt quvvatga ega elektrolizatorni oʻrnatilishi hamda loyiha doirasida ishlab chiqariladigan yashil vodorodni qayta ishlash orqali yuqori qo'shilgan qiymatga ega yashil karbamid ishlab chiqarish rejalashtirilgan.