Joriy yilning 1-4-oktabr kunlari Toshkent shahrida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “UzAssets” AJ hamkorligida Davlat kompaniyalari kuzatuv kengashlari mustaqil direktorlarining birinchi xalqaro forumi boʻlib oʻtdi.
Forumda AQSH, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Germaniya, Hindiston, Polsha, Mavrikiy kabi mamlakatlardan yuqori malakali mutaxassislar 22 ta davlat korxonalarida mustaqil aʼzolar sifatida ishlashga taklif etilishi koʻzda tutilgan.
Mazkur forum doirasida 3-oktabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda Jamiyatning yangi tartibdagi kuzatuv kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda kengashga saylangan yangi mustaqil aʼzolar bilan tanishuv, kengash raisini saylash, qoʻmitalar tarkibini yangidan tasdiqlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, chet ellik mustaqil aʼzolar kimyo sanoati sohasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bilan yaqindan tanishib, kelgusidagi ish rejalari kelishib olindi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati