"O'zkimyosanoat" AJ

Xushxabar- “Navoiyazot" AJning rahbar-xodimi “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi!

// 27 August 2024 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/xushxabar-navoiyazot-ajning-rahbar-xodimi-shuhrat-medali-bil

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy–iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. 

Ahamiyatlisi, Mustaqilligimizning 33 yillik bayram shodiyonasi arafasida eʼtirof etilgan fidoiy yurtdoshlarimiz qatorida “Navoiyazot” Aksiyadorlik jamiyatining Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi sexi boshligʻi oʻrinbosari Asatov Kamoliddin Ubaydulloyevich “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi!

Kamoliddin Asatov 1985-yili Navoiy shahrida tavallud topgan. 2005-yildan buyon “Navoiyazot” korxonasida mehnat qilib kelmoqda. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi Kamoliddin Asatovni yuksak mukofot bilan muborakbod etadi hamda uning kelgusi ishlariga ulkan zafarlar tilaydi!

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati