Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish koʻnikmalarini oshirish maqsadida maxsus oʻquv kursi boshlandi.
“Cert Academy Group” xalqaro trening tashkiloti bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan mazkur kursda ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurash choralari, uning kelib chiqish sabablari, jamiyat uchun oqibatlari, shuningdek, antikorrupsion menejmentning asosiy terminlari haqida tushunchalar berilmoqda.
Qolaversa, jamiyatda korrupsion xavf-xatarlarni kamaytirish, tashkilotning tarkibiy boʻlinmalarida korrupsiyaga qarshi menejment tizimlarining ichki auditini olib borishdagi ahamiyati haqida tushuntirilmoqda.
Maxsus oʻquv kursi 3 kun davom etishi rejalashtirilgan.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati