"O'zkimyosanoat" AJ

Xitoyning yetakchi ilmiy markazida seminar boshlandi

// 16 April 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/xitoyning-yetakchi-ilmiy-markazida-seminar-boshlandi

Xitoyning yetakchi ilmiy markazlaridan biri — HKUST(GZ)da “Yangi O‘zbekiston” universiteti delegatsiyasi ishtirokida seminar boshlandi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti delegatsiyasi Xitoyning yetakchi tadqiqot universitetlaridan biri — Hong Kong University of Science and Technology (Guangzhou) bilan qo‘shma ilmiy seminar doirasida Guanchjou shahrida tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Delegatsiya tarkibida Vladimir Norov va “Yangi O‘zbekiston” universiteti faxriy professori, akademik Qodir G‘ulomov ham qatnashmoqda. Shuningdek, seminarda universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy hamkorlar va “O‘zkimyosanoat” vakili ishtirok etmoqda.

Ishchi sessiyalar davomida qo‘shma ilmiy loyihalar, doktorantlarni birgalikda tayyorlash va ilmiy infratuzilmadan o‘zaro foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, “Yangi O‘zbekiston” universitetining 10 nafar iqtidorli bitiruvchisi HKUST universitetiga to‘g‘ridan to‘g‘ri magistratura bosqichiga qabul qilinib, ularga 100 foizlik grant hamda 17 ming AQSh dollariga teng stipendiyalar taqdim etiladi.