"O'zkimyosanoat" AJ

Xitoylik olimlar yaroqsiz litiy-ion akkumulyatorlardan litiyni ajratib olishning innovatsion usulini ishlab chiqishdi.

// 22 January 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/xitoylik-olimlar-yaroqsiz-litiy-ion-akkumulyatorlardan-litiy

Bu hozirgi muqobillariga nisbatan xavfsizroq va ekologik tozaroq. Xitoy Fanlar akademiyasi va Pekin texnologiya instituti tadqiqotchilari buning uchun karbonat angidrid (CO₂) va suv aralashmasidan foydalanishni taklif qilishmoqda.“Uchtasi birda” deb taʼriflangan yangi jarayon litiyning 95% dan ortigʻini qayta tiklash imkonini beradi. Bu esa agressiv kislotalar va kimyoviy moddalardan foydalanadigan anʼanaviy usullar natijalariga teng. Biroq asosiy farq uning yumshoq taʼsirida. Suvda erigan CO₂ kuchsiz koʻmir kislotasini hosil qiladi, u taʼsiri jihatidan gazlangan suvga oʻxshaydi. 

Bu batareya katodidan litiyni samarali ajratib olish uchun yetarli boʻlib, butun jarayon xona haroratida va oddiy bosimda, xavfli kimyoviy reagentlarsiz amalga oshiriladi.Texnologiyaning muhim qismi katod tarkibida mavjud boʻlgan kobalt, nikel va marganes kabi boshqa qimmatbaho metallarni ham qayta ishlash hisoblanadi. 

Litiy ajratib olingandan soʻng, bu materiallar chiqindilarga tashlanmaydi, balki energetik va kimyoviy reaksiyalar uchun foydali katalizatorlarga aylantiriladi. Bu jarayon yuqori darajadagi ikkillamchi foydalanish deb ataladi.Usulning qoʻshimcha ekologik afzalligi karbonat angidrid gazni ushlab qolishida. Jarayon davomida CO₂ning bir qismi qattiq qoʻshimcha mahsulotlar tarkibida kimyoviy yoʻl bilan mahkamlanadi, yaʼni atmosferaga chiqarilmay, aksincha ushlab qolinadi.