"O'zkimyosanoat" AJ

Xalqaro kompaniya vakillari “Navoiyazot” AJda

// 10 September 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/xalqaro-kompaniya-vakillari-navoiyazot-ajda

Auditorlik, buxgalteriya hisobi, soliq, yuridik va konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi dunyodagi yeng yirik xalqaro kompaniyalaridan biri «Ernst and Young Advisory» vakillari “Navoiyazot” AJda bo‘lishdi. Muloqotda mintaqaviy hamkorlar rahbarlaridan iborat delegatsiya a’zolari jamiyat mutasaddilari bilan bir qator muhim masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.

Xususan, uchrashuvda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, jarayonlar samaradorligini oshirish, moliyaviy hisobot va auditning xalqaro standartlarini qo‘llash, shuningdek, zamonaviy konsalting yondashuvlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.



Tomonlar sanoat korxonalari faoliyatidagi ilg‘or xalqaro tajribani qo‘llash, boshqaruv jarayonlarini transformatsiya qilish va investitsiyaviy jozibadorlikni yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlar xususida ham mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Muloqot davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba va ekspert bilimlarini almashish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. Uchrashuv konstruktiv va ishchan ruhda o‘tib, tomonlar kelgusida ham samarali muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.