"O'zkimyosanoat" AJ

“OʻZKIMYOSANOAT” AJ TARMOQ KORXONALARIDA 2022 YIL MOLIYAVIY-IQTISODIY KOʻRSATKICHLARINI SIFATLI BAJARILISHINI TAʼMINLASHGA BAGʻISHLANGAN VIDEOKONFERENSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

// 22 December 2022 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/uzkimyosanoat-aj-tarmoq-korxonalari-moliyaviy-iqtisodiy-korsatkichlar-videokonferensiya

Joriy yilning 22-dekabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari kesimida moliyaviy-iqtisodiy holatlarning barqarorligini taʼminlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda muammolarning yechimi boʻyicha tegishli choralarni qabul qilish yuzasidan videokonferensiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari Akobir Toʻxtayev tomonidan oʻtkazilgan yigʻilish davomida 2022-yilda biznes rejalarida belgilangan moliyaviy koʻrsatkichlarga erishish, xalqaro moliyaviy institutlardan va mahalliy tijorat banklaridan jalb qilingan kredit majburiyatlarini soʻndirish va kelgusida muddati keladigan davlat tashqi qarzlariga belgilangan reja jadval asosida mablagʻlarni jamgʻarib borish, debitor-kreditor qarzdorliklarni qisqartirish, davlat budjetiga toʻlovlar intizomini mustahkamlash, ishlab chiqarish jarayonidagi xomashyo va materiallar isteʼmoli uchun toʻlovlarni oʻz muddatida amalga oshirish hamda ish haqi toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlash boʻyicha “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari kesimida tizimli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari 2021-yil 31-dekabrda yakunlangan moliyaviy yil konsolidatsiyalashgan va alohida moliyaviy hisobotlarini MHXSlarga muvofiq xalqaro audit standartlari asosida xalqaro katta toʻrtlikka (big four) kiradigan “KPMG”  xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan 2021-yil yakunlari boʻyicha audit jarayonlari yakunlandi va auditorlik xulosalari olindi.

Bugungi kunda “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarining yakunlanayotgan 2022-yil boʻyicha konsolidatsiyalashgan va alohida moliyaviy hisobotlarni MHXSlarga muvofiq xalqaro audit standartlari asosida audit jarayonlari “KPMG” xalqaro auditorlik tashkiloti bilan birga amalga oshirilmoqda.    

 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati