"O'zkimyosanoat" AJ

“O'zbekiston-Qozog'iston” do'stlik jamiyatining yig'ilishi

// 10 May 2017 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/uzbekiston-qozogiston-dustlik-zhamiyatining-yigilishi

2017 yil 7 may kuni “O'zkimyosanoat” konferents-zalida  “O'zbekiston-Qozog'iston” do'stlik jamiyatining yangi boshqaruvini saylash bo'yicha tashkiliy yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda “xalq diplomatiyasi”ning ayrilmas qismi bo'lib xizmat qilayotgan “O'zbekiston-Qozog'iston” do'stlik jamiyati ikki qarindosh xalqning yaxshi qo'shnichilik,  do'stlik va o'zaro hurmat aloqalarini mustahkamlashda hamda o'zbek-qozoq madaniy-ma'rifiy rishtalarni yanada boyitishda muhim rol o'ynashi alohida qayd etildi.

Yig'ilishda o'tkazilgan muhokamalar natijasida “O'zbekiston-Qozog'iston” do'stlik jamiyati boshqaruv  raisi etib bir ovozdan “O'zkimyosanoat” boshqaruvi raisi A. Abdullaev saylandi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masul xodimi M.Mirziyatov va O'zbekiston do'stlik jamiyatlari Kengashi raisining o'rinbosari K.Ishonxo'jaev ishtirok etishdi.

"O'zkimyosanoat" AJ matbuot markazi