"O'zkimyosanoat" AJ

Umumxalq xayriya hashari o'tkazildi

// 24 August 2024 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/umumxalq-hashari-o-tkazildi

Mustaqilligimizning 33 yillik bayramini munosib nishonlash, aholini sogʻlom turmush tarziga daʼvat etish, sanitariya-gigiyenik madaniyatni targʻib qilish maqsadida 24-25-avgust kunlari butun respublikamiz boʻylab umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda. 

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ xodimlari uyushgan holda umumxalq hashari tashkil etib, obodonlashtirish ishlarini olib borishdi. Xodimlar tomonidan Jamiyat hududi va xonalari tartibga keltirildi, tegishli yer maydonlari oqlanib, xazonlar yigʻildi. 

Umumxalq hashari Jamiyat tarmoq korxonalarida qizgʻin davom etmoqda. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati