"O'zkimyosanoat" AJ

Navoiy viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar: kimyo sanoatidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

// 29 July 2026 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/uchrashuv20260729

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan oʻtkaziladigan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining hududlarda biznes vakillari bilan bevosita uchrashuvlari izchil davom etmoqda.

Navbatdagi uchrashuvlar Navoiy viloyatida tashkil etilib, kimyo sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan qator korxonalar — “Elkimyo Agrohimoya” MCHJ, “Industrial Global Group” MCHJ, “Big Step Group 2022” MCHJ, “Navoi Gormash” MCHJ hamda “Ximreaktiv” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar oʻzlarini qiziqtirayotgan masalalar va mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Xususan, ishlab chiqarishga kredit ajratish, xom ashyo taʼminoti, eksportni kengaytirish, yer ajratish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga oid masalalar koʻtarildi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar muhokama qilinib, ularni hal etish boʻyicha tegishli masʼullarga vazifalar belgilandi. Bu kabi muloqotlar davlat va biznes oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.