"O'zkimyosanoat" AJ

Toshkent xalqaro investitsiya forumida muhim loyihalardan biriga start berildi.

// 06 May 2024 yil
https://pda.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/toshkent-xalqaro-investitsiya-forumida-muhim-loyihalardan-bi

Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi Farrux Samadov hamda “Sinoma energy” kompaniyasi bosh menejeri Zuo Dayong Navoiy viloyatining Karmana tumanida “Fotoelektrstansiya qurish va elektr energiya saqlash uchun akkumlyatorlar joylashtirish loyihasi” doirasida elektr energiya xarid qilish (PPA) kelishuvini tantanali tarzda imzoladi.

Ushbu loyiha “Navoiyazot” AJning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun 300 mvtli quyosh panellarini oʻrnatish va “yashil” elektr energiyasi ishlab chiqarishdan iborat. Stansiyani 2025-yilga qadar barpo etish rejalashtirilgan.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati